Huawei 1
"Dovut ota" postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytishga qo‘yilgan cheklov yil oxirigacha uzaydi

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo'mitasining ma'lum qilishicha, “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar 2025-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi.

Cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur oʻtkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yoʻl qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotganligi sababli Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu”  yoʻnalishida qoʻshimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilganligi ma'lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90402 | Инструменты