Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo’l tumanida joylashgan Ulfatlar choyxonasida chumchuq qushidan shashlik pishirayotgani tasvirlangan videolavha bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiyo’l tuman bo’limi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan zudlik bilan joyiga chiqib o’rganildi.
O’rganish davomida inspektorlar tomonidan hozirda Yangiyo’l tumanida joylashgan Ulfatlar choyxonasida chumchuq qushining go’shtidan shashlik qilinayotgan holat aniqlanmadi.
Davlat inspektorlari tomonidan choyxona rahbaridan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan tushuntirish so’ralganda videolavhadagi holat ilgari mijozlar sonini ko’paytish maqsadida olinganligini ma’lum qildi. Hozirda choyxona rahbari chumchuq go’shtidan shashlik tayyorlash holatiga yo’l qo’yilmayotganini aytdi hamda inspektorlar tomonidan kelgusida huquqbuzarlik holati takrorlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, choyxona rahbariga nisbatan MJtKning 63-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 4 mln 120 ming so’m miqdorida jarima chorasi qo’llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90402 | Инструменты