Huawei 1
Uy sharoitida kislorod konsentratoridan to'g'ri foydalanish qoidalari

Bugun AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova  koronavirus infeksiyasi profilaktikasi borasidagi savollarga javob qaytardi.

Uy sharoitida kislorod konsentratorini qo'llash qoidalari:

- Kislorod konsentratorini havo erkin aylanishi va xonaning maqbul namligi bor joyga o'rnatish kerak. Moslama issiklik manbalari yaqiniga qo'yilmaydi;

- distillangan suv bilan kislorodni namlash uchun mo'ljallangan maxsus idish to'ldiriladi;

- Shifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;

- Oila a'zolarini o'zaro zararlamaslik uchun shaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi;

Kislorod konsentratorini ishlatish ketma-ketligi:

- Rezervuarni belgilangan joyigacha namlagich suv bilan to'diriladi;

- Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uchi moslamaga ulanadi, ikkinchi uchi esa burun yo'llariga qo'yiladi;

- Kislorod oqimi o'rnatilgandan keyin, shifokor tavsiyasiga ko'ra kislorod terapiyasi boshlanadi;

- Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda ko'krak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. O'pkaning maksimal darajada qisilishi va tozalanishi uchun ravon nafas olinadi;

- Mashg'ulot oxirida havo ta'minoti to'xtatiladi va moslama elektr tarmog'idan o'chiriladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71712 | Инструменты