"Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 11.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi.
Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi
2025/2026-o'quv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
2026/2027-o'quv yilidan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim jarayoni yo'lga qo'yiladi.
2027/2028 o'quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim bosqichlari joriy etiladi.
Universitetda ta'lim jarayoni davlat granti va to'lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
2029/2030-o'quv yiligacha o'qishga qabul qilingan talabalar to'liq davlat granti asosida o'qitiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91213 | Инструменты