Lutfiy ko‘chasining Farxod ko‘chasidan Shirin ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartiriladi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko'ra, bir tomonlama harakat:
2, 9t, 13, 17t, 56, 113-sonli yo‘nalishlar — Farxod, Katta Xirmontepa, Shirin ko‘chalari orqali.
O‘zgarish bilan davom etadigan yo‘nalishlar:
41, 70, 127, 150-sonli yo‘nalishlar — Kichik halqa yo‘li, Farxod, M. Shayxzoda, Shirin ko‘chalari orqali keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi.
"Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin", deyiladi boshqarma xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты