Huawei 1
Endi isitish mavsumida bir martalik moddiy yordam olish mumkin

Prezident qaroriga ko’ra, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida noyabr oyida 1 martalik moddiy yordam beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

1 million so‘m miqdoridagi pulni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar olishi mumkin.

Shuningdek, mazkur moddiy yordam pullari quyidagi toifadagi oilalar ham inobatga olinadi:

– boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
– I yoki II guruh nogironligi bor shaxslar mavjud oilalar;
– nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
– gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
– bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birgalikda yashovchi oilalar;
– uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar yashaydigan oilalar;
– o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqoridagi talablarga mos keluvchi ehtiyojmand oilalar 25-sentabrga qadar “mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты