Huawei 1
Toshkentdagi sobiq avtobazaning bino va inshootlari 105 mlrd so‘mga sotildi

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, 487a-uy manzilida joylashgan sobiq “2512 Avtojamlanma” DUKning avtobaza bino va inshootlari ommaviy savdo jarayonlarining barcha bosqichlari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirildi.

Raqobat muhitida bo‘lib o‘tgan savdolarda 7 nafar talabgorlar ishtirok etishga qiziqish bildirib, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etdi. 

Obyektni sotib olish uchun qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bergan "Evro Tyres Universal" MCHJ tomonidan taklif etilgan 105 mlrd so‘m narx taklifi boshqa talabgorlar tomonidan taklif etilgan narx takliflaridan yuqori hamda mustaqil baholash tashkilotining baholagan narx qiymatidan sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi sababli, ushbu kompaniya ommaviy savdo g‘olibi deb topildi.

Bundan tashqari, Obyektni xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga