Huawei 1
Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda qizlarimiz Shahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi. Barcha yoʻnalishdagi gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal:

Taxmina Ikromova (xalqa);
Taxmina Ikromova (toʻp).

Kumush medal:

Taxmina Ikromova (koʻpkurash);
Taxmina Ikromova (bulava);
Taxmina Ikromova (tasma);
Guruh mashqi (3 tasma va 2 toʻp). 

Bronza medal:

Natalya Usova (bulava). 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga