Huawei 2
Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi

Yangi Andijonda viloyat hokimligi binosi qurilishini boshlab berish uchun tashkil etilgan marosim bo‘lib o‘tdi.

Yangi bino investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar yer maydonida barpo etiladi. Qurilish maydoni 7 ming 100 kvadrat metrni tashkil etadi. 1,4 gektar maydonida ko‘kalamzorlar bunyod etiladi. Yangi binolar 3 qavatli hamda 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta maʼmuriy xonalarni o‘z ichiga oladi.

Tadbirda shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Vatanparvarlar bog‘i”ni barpo etish bo‘yicha ko‘plab faollar ishtirokida navbatdagi harakatlar boshlab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga