Huawei 2
29-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

2-iyun kuni Doha – Toshkent havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov orqali o‘zaro turistlar oqimi tezlashadi, ikki tomonlama savdo ko‘lami kengayadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi

Bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

O'zbekiston 3 oyda xorijga 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

O‘zbekistonliklar Volkswagen va Volvo kompaniyalariga ishga taklif etilmoqda

Oylik maosh 1200 yevrodan 2400 yevrogacha.

Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 29-30-aprel va 1-3-may kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.

O'zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar uch oyda 6 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-mart oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 544 ta yuridik shaxs tomonidan 5,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Jomboy tumanidan V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota sanʼat universiteti olimlari hamkorligida Jomboy tumanidagi Mingtepa yodgorligida olib borilayotgan arxeologik o‘rganishlar natijasida V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hajga boruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Qo‘mitaning bildirishicha, ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q.

Shavkat Mirziyoyevga Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi

Davlat rahbari forumni yuqori darajada tashkillashtirish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini to‘la namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Faxriddin Boboyev "Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori etib tayinlandi

Faxriddin Boboev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi hamda bir qator rahbar lavozimlarda ishlagan.

Toshkentda "Ona uyi" ijtimoiy markazi ochiladi

“Ona uyi” loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi.

2024-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketgan aholi soni ma’lum qilindi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan ko‘chib ketgan aholi soni 58,2 ming nafarni tashkil etdi.

Samarqandda ikkita issiqxona tizimga 1 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Samarqandda Orol dengiziga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi “Art Rezidensiya”da “Qumdagi izlar” nomli ko‘rgazma ochildi. U iyul oyigacha davom etadi.

Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Yanvar-mart oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 259 mlrd so‘mga yaqin soliq to‘ladi

Joriy yil I chorakda umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 214 ta yuridik shaxs tomonidan 258,9 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Miras Tleumuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining Investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlar bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga