Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzaldan Yangi Sergeli ko‘chasigacha (O‘zgarish ko‘prigi) bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Yo‘l 26 sentyabr soat 17:00 dan 29 sentyabr soat 07:00 gacha yopiladi. Tegishli joyda yo‘l taʼmirlash ishlari olib boriladi.
«Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz», — deyiladi hokimlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92623 | Инструменты