Huawei 1
Toshkent viloyatida 110 ga yaqin bola zaharlanish tufayli kasalxonaga yotqizilgan

Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida qayd etilgan holat boʻyicha vazirlik tomonidan dastlabki munosabat berilgan edi.

25-sentabr kuni Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Eʻzoza Karimova, vazir oʻrinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan oʻrganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida boʻldi.

Holat nafaqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar nazoratiga ham olingan.

Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik masʼullari bilan hamkorlikda bogʻchalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar koʻzdan kechirildi. Bogʻcha rahbarlari, tarbiyachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida boʻlib, bolajonlar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan oʻtkazilmoqda. Hozirgacha bolalar sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmadi.

Yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92623 | Инструменты