"Veolia Energy Tashkent" xabar qilishicha, rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan Mirobod, Yashnobod, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti 5-oktabrdan 9-oktabrgacha toʻxtatiladi
Rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-oktabrdan boshlab 5 kun davomida Toshkent shahri IM-6, IM-8, Vodnik va Sanoatenergo qozonxonalari taʼminot hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ishlar kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan.
Manzillar:
Mirobod tumani: Baratxoʻja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qoʻyliq, Tolariq, Ziyonur, Bilimdon, Fayzobod, Sariqoʻl, Qorasuv, Oltinkoʻl, Furqat, Abdurauf Fitrat MFYlari.
Yashnobod tumani: Katta Qoʻyliq, Mumtoz MFYlari.
Sergeli tumani: Oʻzgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Saxovat, Qipchoq, Xalqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qoʻshqoʻrgʻon, Quruvchilar, Farogʻatli MFYlari.
Yangihayot tumani: Mashʼal, Navqiron, Al-Fargʻoniy, Viqor, Yoʻldosh, Chorbogʻ, Zarbdor, Doʻstlik, Charogʻon, Yorqinhayot, Xushnud MFYlari.
Bektemir tumani: Zilola, Rohat, Mirishkor, Iqbol MFYlari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100513 | Инструменты