Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlum qilishicha, voqea Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Onix rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli GAZ-63 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Onix avtomashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

YHXB barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga qatʼiy rioya qilish, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirmaslik va charchoq holatida transport boshqarmaslikka chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты