Toshkentda avtomobillarga ekostiker berish boshlandi

O‘zbekistonda «Ekologik transport» — avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini qisqartirish tizimini joriy etish boshlandi. Unga ko‘ra, tashlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi. Sariq yoki qizil stikerli transportlarni maʼlum hududlarda harakatlanishi cheklanadi.

Ekostikerlarni tarqatish Toshkent shahrida 1 yanvardan boshlandi. Ularni YHXX idoralari va my.gov.uz orqali olish mumkin.

my.gov.uz‘dan olish uchun uchun:

  • my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kiriladi;

  • qidiruv satriga «Ekologik stiker» deb yoziladi yoki “Transport” bo‘limidan «Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish» xizmatini tanlanadi;

  • maʼlumotlar avtomatik shakllanadi, faqat arizani tasdiqlash kerak.

Tayyor stiker 10 kun ichida uyingizga yetkazib beriladi. Stikerning o‘zi va ariza topshirish bepul. Faqat pochta orqali uyga yetkazish xizmati uchun 20 600 so‘m to‘lanadi.

Poytaxtdagi barcha mashinalarning to‘liq baholanishi 2028 yil boshigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

«Ekologik transport» tizimi doirasidagi jarimalar ikki yildan so‘ng, yaʼni 2028 yildan boshlab joriy etiladi. 2026 yil faqat tizimni yo‘lga qo‘yish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davri hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10913 | Инструменты