“Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati xodimlari tomonidan fuqaro M.A. metroning“Qo‘yliq” bekati navbatchisi A.A. ning shaxsiy hayotiga tahdid qilib, zo‘ravonlik yo‘li bilan uni qo‘rqitib undan 500 ming so‘m pulni talab qilganligi to‘g‘risida maʼlumot olingan.
Natijada, 2025 yil 10 aprel kuni IIV Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.A. metropolitenning “Harakat” xizmati bekat navbatchisi A.A. dan “Qo‘yliq” metro bekatida tovlamachilik yo‘li bilan navbatdagi 500 000 ming so‘m pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, mazkur fuqaro avval ham JKining 166-modda (talonchilik) va 169-moddalari (o‘g‘irlik) bilan sudlangan.
Hozirda, M.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51810 | Инструменты