Toshkentda Lacetti urib ketgan 34 yoshli ayol halok bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB voqeadan 3 kun o‘tib, holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng xabar berdi.

Voqea 31 dekabr kuni soat 21:00 atrofida Mahtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda hodisa sodir bo‘lgan joy atrofidagi kameralar ishlamagani va shu sababli guvohlar qidiralayotgani aytilgan.

YHXBning maʼlum qilishicha, 24 yoshli J.R. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 1991 yilda tug‘ilgan Y.N. (xabarlarga ko‘ra, ayol kishi) ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10618 | Инструменты