Oq uy ma’muriyati 2026 yil 1 yanvardan AQShga kirish uchun biznes yoki sayyohlik (B1/B2) vizasini olishda pasport egalari 15 ming dollargacha garov puli qo‘yishi shart bo‘lgan mamlakatlar qatoriga yana yetti davlatni qo‘shdi.
AQSh Davlat departamenti o‘tgan hafta Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmanistonni ushbu ro‘yxatga yashirin tarzda qo‘shgan. Rasmiy saytda e’lon qilingan bildirishnomaga ko‘ra, bu o‘zgarishlar 1 yanvardan kuchga kirgan. 5, 10 yoki 15 ming dollarlik to‘lov miqdori har bir ariza beruvchi bilan suhbatda individual belgilanadi.
Hozirda ro‘yxatga jami 13 davlat kiritilgan. Ularning ikkitasi: Turkmaniston va Butan Osiyodan, qolganlari Afrika davlatlari. AP nashrining yozishicha, bu – ko‘plab odamlar uchun AQSh vizasini olish jarayonini moliyaviy jihatdan imkonsiz qiladi.
2025 yil avgust va oktyabr oylarida Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi va Zambiya kabi davlatlar ro‘yxatga kiritilgandi.
AQSh rasmiylari 5 mingdan 15 ming dollargacha bo‘lgan garov puli nishonga olingan mamlakatlar fuqarolari vizani suiiste’mol qilib qolib ketmasligini ta’minlashda samarali ekanini aytib, bu chorani himoya qilmoqda.
Garov puli to‘lash vizaning berilishiga kafolat bermaydi, biroq agar viza rad etilsa yoki viza egasi uning shartlariga amal qilganini isbotlasa, mablag‘ qaytariladi.
Garov puli qo‘ygan barcha viza egalari AQShga faqat belgilangan 3 ta punkt orqali kirishi va chiqishi shart. Bunga rioya qilinmasligi kirishning rad etilishiga yoki chiqish to‘g‘ri qayd etilmasligiga olib kelishi mumkin:
AQSh ichki xavfsizlik departamenti viza egasi garov shartlarini buzgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni Fuqarolik va immigratsiya xizmati orqali tekshiradi. Quyidagi holatlar viza talablarini buzish hisoblanadi.
Rasmiylarga ko‘ra, shartlar faqat bu bilan cheklanmaydi. Shuningdek, AQSh konsullik xodimi ko‘rsatmasisiz to‘lov qilgan arizachilar ham to‘langan pulni qaytarib ololmaydi.
Bu Tramp ma’muriyatining AQShga kirish talablarini kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi qadamidir. Jumladan, bunga qadar viza talab qilinadigan barcha mamlakatlar fuqarolari bilan shaxsan suhbat o‘tkazish, ko‘p yillik ijtimoiy tarmoq faoliyatini oshkor qilish, shuningdek, avvalgi sayohatlari hamda yashash joylari haqida batafsil ma’lumot berish talablari joriy etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10723 | Инструменты