Ugam–Chatqolda meteorologik stansiya xodimi harbiylar ko‘magida muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi

Joriy yilning 5-yanvar kuni O‘zgidromet rahbariyati tomonidan Mudofaa vazirligiga Ugam–Chatqol tog‘ tizmasining borish qiyin bo‘lgan, murakkab relefga ega hududida joylashgan “Oygaing” yuqori tog‘li meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodimi og‘ir ahvolda qolganini ma‘lum qilib, uni Harbiy havo kuchlari yordamida evokuatsiya qilish zarur ekanligi bildirilgan.

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv vertolyoti yordamida tungi vaqtda qutqaruv tadbirlari amalga oshirilib, xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan va shifokorlar tomonidan unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10800 | Инструменты