Aniqlanishicha, muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda jinoiy til biriktirib, oson pul topish maqsadida internet va ijtimoiy tarmoqlarda insonlarda rahm-shafqat uyg‘otuvchi videolar tayyorlab, turli sahifalarga joylab borgan.
Tezkor tadbirlar natijasida mazkur shaxs erkaklar uchun donorlik masalalari bo‘yicha inson aʼzolari va to‘qimalarini noqonuniy transplantatsiya qilish ishlariga doimiy ravishda aralashib kelgani maʼlum bo‘ldi. Jumladan, “Istiqlol” klinikasida (Tojikiston) muayyan shaxslarga operatsiya o‘tkazishni tashkillashtirish bilan shug‘ullangani qayd etildi.
Shuningdek, u o‘zi ham buyrak ko‘chirish operatsiyalarini amalga oshirgani va bu ishlarga boshqa shaxslarni jalb etgani aniqlangan. Ular Telegram, Instagram va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyat yuritib, reklama va “mijoz” topish ishlarini tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 133¹-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21816 | Инструменты