1-maydan boshlab elektromobil quvvatlash stansiyalarida narx qancha bo‘lishidan qat’i nazar, haydovchi 1 kWh tok uchun o‘z yonidan 300 so‘m to‘laydi, undan ortig‘i davlat budjetidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 martdan boshlab elektromobilda taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun:
• ijtimoiy soliqdan 10 foizgacha chegirma beriladi;
• davlat tashkilotlariga tegishli avtoturargohlar, shu jumladan aeroport va vokzallardagi avtoturargohlarda 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat etiladi;
• huquqbuzarlik va YTH sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni beriladi.
1-maydan quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarining auksiondagi boshlang‘ich narxi ularning bozor qiymatidan 2 barobar arzon narxda belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21817 | Инструменты