Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol o‘z farzandi hayotini xavfga solib, 7-qavat derazasidan tashqariga chiqargani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent IIBB izoh berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ta’kidlanishicha, hozir N.K. ruhiy holatini tekshirish maqsadida, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Uning farzandiga zarar yetmagani hamda u yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21814 | Инструменты