Toshkent shahar FVBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, hodisa Mirzo Ulug‘bek tumani Tinchlik ko‘chasi 5-sonli avtobus saroyi hududida kuzatilgan. Qutqaruv va yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:22 da yetib borgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:32 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa joyida 5-avtosaroyga qarashli avtobus yongani va zararlangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdoriga oydinlik kiritish bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11314 | Инструменты