Huawei 1
Toshkentda 9 yoshli qizni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga qamaldi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.A. BYD avtomashinasida harakatlanib ketayotib 9 yoshli qizni urib yuborgani, voqea natijasida esa piyoda vafot etgani haqida xabar qilgandik. 

Milliy informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, mazkur hodisa JIB Sergeli tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmi bilan haydovchiga nisbatan 2 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan. 

"60-65 km/soat tezlikda kelayotgandim. Qizcha birdaniga yugurib chiqdi", - deydi haydovchi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51016 | Инструменты