Shoxobchalar zamonaviy loyihalar asosida poytaxtning markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar hamda aholi va sayyohlar tashrif buyuradigan ob’yektlar atrofida joylashtiriladi
Poytaxtning markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlari hamda aholi va mehmonlar ko‘p tashrif buyuradigan ob’yektlar atrofida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga ko'ra, 2026 yilda Toshkent shahrida jami 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish belgilangan.
Shoxobchalar zamonaviy loyihalar asosida poytaxtning markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar hamda aholi va sayyohlar tashrif buyuradigan ob’yektlar atrofida joylashtiriladi.
Ularni joylashtirish uchun zarur topografik ishlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan 140,4 mln so‘m ajratish taklif qilingan.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga (D. Xudoybergenov) ajratilgan mablag‘ ijrosi bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hisobot kiritish belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100615 | Инструменты