Huawei 1
Toshkent yerusti metrosida rejali profilaktik ishlar jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlandi

Avvalroq, Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik. Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025-yil 8-iyun sanasidan boshlab ikkita bekat — "Turon (13-bekat) — Qipchoq (14-bekat)" bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi. Shundan so'ng, 24-iyun kuni "Yerusti halqa yo‘li"dagi yana 7 ta bekat vaqtincha yopilishi haqida xabar berildi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I. Narimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi yerusti metro qurilishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Xusuchan, buyurtmachi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va pudratchi “Ko‘prikqurilish” AJlar ishtirokida “Metropoliten”ning 1 va 2-bosqichlari oralig‘ida joylashgan “Texnopark - Qipchoq” bekatlari o‘rtasidagi uchastkada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar loyiha talablariga to‘liq muvofiq holda qayta ko‘rib chiqilishi va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Qurilish ishlarining shaffofligi, yo‘lovchilar xavfsizligi va transport infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Mazkur sohadagi ishlar doimiy nazorat ostiga olingan.

Ma'lumot o'rnida, “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62517 | Инструменты