Huawei 2
Toshkent viloyatida 1-apreldan isitish mavsumi yakunlanadi

Toshkent viloyatida 1-apreldan 2023-2024-yildagi isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishida so‘z boradi.

Farmoyish bilan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining viloyatdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash isitish mavsumini 1-aprel soat 09:00 da yakunlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi budjet tashkilotlarini 2023/2024-yillardagi isitish mavsumida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Shu bilan birga viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda isitish mavsumi yakunlangani munosabati bilan 2024/2025-yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga