Huawei 1
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi

“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishdir.

Farmonga ko‘ra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.

Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi. Bunda:

- kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;

- maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan taʼlim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.

Shuningdek, Agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50700 | Инструменты