Huawei 1
Toshkent shahri kengashi gul ko‘chatlarini ekish uchun 10 mlrd so‘m ajratdi

29 sentyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalariga mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 10 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Hujjat Vakillik organlari portaliga joylashtirildi.

Qayd etilishicha, mablag‘ respublika byudjetining 2025 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilishidan mahalliy byudjetga o‘tkazilgan qism hisobidan yo‘naltiriladi.

Bunda mablag‘ning 1,82 milliard so‘mi turli obodonlashtirish boshqarmalariga, 8,18 milliard so‘m esa tuman kesimida taqsimlandi.

Boshqarmalar kesimida eng katta mablag‘ — 815 million so‘m markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasiga ajratildi. Alohida ahamiyatga ega ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasi 748 million, Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi 190 million, Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi esa 67 million so‘m oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100220 | Инструменты