Huawei 1
O‘zbekiston oktyabr oyida Kuvayt va Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida Kuvayt va Urugvay milliy jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, Kuvaytga qarshi o‘yin 9 oktyabr kuni soat 18:00 da Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Oldinroq O‘FA milliy jamoa 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar bergandi.

O‘yinlar milliy jamoaning FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100219 | Инструменты