O‘zbekiston bo‘ylab “Yashil makon” dasturi doirasida bahorda ekilgan 137 millionta ko‘chatning 27,5 millioni qurib qolgan.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 26 sentyabr kungi yig‘ilishda bu holatni tanqid qilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, ko‘chatlarning 20 foizi qurib qolganiga sabab – bahor va yoz o‘rtasida issiq kunlar tez kelib qolishi oqibatida ko‘chatlar unishga ulgurmagan. Ularga odatdagidan 2-3 barobar ko‘p suv sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
“Shu munosabat bilan daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yilgi kuz mavsumida 125 million tup daraxt va buta, bahorda yana 75 millionta ekish rejalashtirildi. Bunda sug‘orish tizimi va imkoniyati yo‘q joylarga ko‘chat ekmaslik talab qilib qo‘yildi”, – deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100219 | Инструменты