Toshkent metrosida yo‘lkira to‘lash tizimi o‘zgaradi

Prezident qaroriga ko‘ra, metropoliten uchun mutlaqo yangi tarif tizimi joriy etiladi. Endilikda yo‘lovchilar bosib o‘tgan masofa yoki bekatlar soniga qarab haq to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ayrim aholi qatlamlari uchun imtiyozlar saqlanadi. Metroda kunlik, haftalik va oylik abonementlar tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Yangi tizimni 2027-yil 1-yanvardan boshlab ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Tegishli takliflarni Transport vazirligi, Toshkent hokimligi va “Toshkent metropoliteni” ishlab chiqadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52100 | Инструменты