Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent metropoliteni yo'laklarini suv bosdi" mazmunidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, video materialda ta'kidlangan tasvirlar metropoliten hududi emas. Shuningdek, 24-mart kuni Toshkent shahrida yuzaga kelgan yog'ingarchilik natijasida metropolitenning hech qaysi bekati va unga tegishli bo'lgan hududlarida suv toshish holatlari kuzatilgani yo'q.
"Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va o'z tasdig'ini topmagan yolg'on ma'lumotlarni tarqatmasliklarini, buning uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjudligini eslatib o'tamiz", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51809 | Инструменты