Aholining sezgir qatlamiga, xususan, bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir va nafas yo‘li kasalliklariga chalinganlarga kechqurun va tunda imkon qadar tashqariga chiqmaslik tavsiya qilinadi. Tashqariga chiqqanda himoya niqobidan foydalanish va ochiq havoda uzoq qolmaslik lozim.
Bugun, 28-oktabr kuni kunduzgi soatlarda Toshkent shahrida havo sifati Xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “qizil” (“noqulay”), milliy indeks bo‘yicha asosan “sariq” (“o‘rtacha”), ayrim muddatlarda esa “zarg‘aldoq” (“sezgir guruhlar uchun nosog‘lom”) darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Kechki soatlarda ham havo sifati “noqulay” darajada saqlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga tayanib xabar berdi.
Aholining sezgir qatlamiga, xususan, bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir va nafas yo‘li kasalliklariga chalinganlarga kechqurun va tunda imkon qadar tashqariga chiqmaslik tavsiya qilinadi. Tashqariga chiqqanda himoya niqobidan foydalanish va ochiq havoda uzoq qolmaslik lozim. Kechqurun va tunda derazalarni yopiq tutish tavsiya qilinadi, deyiladi xabarda.
Havo sifati yomonlashishiga haroratning pasayishi, juda kuchsiz shamol hamda mahalliy va qo‘shni hududlarda shakllangan havo massalarining shahar atrofida to‘planishi sabab bo‘ldi. “Ushbu sharoitlar ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklab, mahalliy atmosfera tashlamalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolishiga olib keldi”, — deya qayd etdi qo‘mita.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha O'zgidromet hafta davomida Toshkentda havo inversiyasi kuzatilishini ma'lum qilgan. Bugun ertalab esa Toshkent koʻchalaridagi changni bostirish uchun 100 ta maxsus texnika suv sepdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102818 | Инструменты