“O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-181-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar asosiy maqsadli ko'rsatkichlar etib belgilandi:
- Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;
- import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.
Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro'yxati tasdiqlandi.
2027-yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg'unlashtirilgan tizimiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52119 | Инструменты