Huawei 1
Toshkentda 43 yoshli erkak kanalda cho‘kib, halok bo‘ldi

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarish chog‘ida 43 yoshli erkak halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

Aniqlanishicha, mazkur holat joriy yilning 5 may kuni sodir bo‘lgan.

"8 yoshli qiz kanalda oyog‘ini yuvmoqchi bo‘lgan. Yonidagi qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan. So‘ngra ikkalasi ham suvga tushib ketgan. Xo‘jayinim qizni o‘zini suvdan chiqarib, o‘g‘limga berdi. O‘zi esa bir zumni ichida cho‘kib ketdi. Hali ham ko‘zimni oldida suvga sakragani turibdi. Suzishni zo‘r bilardilar. Yo suv yutganmi, yo suv sovuqligi uchun tomiri tortishganmi, bilmadim",- deydi marhumning ayoli.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabariga ko‘ra, hozir mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52203 | Инструменты