Huawei 1
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

“2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-186-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyulgacha “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni ro‘yxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yo‘naltirish jarayonlarini o‘z ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi.

Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

2025 yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab (Akademik xab) tashkil etiladi.

Akademik xab ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:

—  xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy taʼlim tizimi bo‘yicha ballar to‘plash standartlariga mos keladigan xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish;

—  strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52203 | Инструменты