Tashkent City Mall “Embrass 2025” xalqaro mukofotida “Yil kashfiyoti” deb topildi

Mazkur mukofot jamoaning keng ko‘lamli mehnatini, zamonaviy HR tizimini rivojlantirishga, shuningdek, inklyuziv va rag‘batlantiruvchi ish muhitini yaratishga qaratilgan “Tizimli HR yutuqlari: noldan orzudagi jamoaga qadar” loyihasining e’tirofi sifatida taqdim etildi.

"Embrass 2025" hakamlar hay’atining ta’kidlashicha, Tashkent City Mallning tajribasi zamonaviy HR amaliyotchilari korporativ madaniyatni qanday shakllantirayotganiga yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu yondashuvning markazida inson, uning rivojlanishi va oilaviy farovonligi turadi.

Bugungi kunda Tashkent City Mall nafaqat mamlakatdagi yirik savdo va ko‘ngilochar markazlardan biri sifatida, balki o‘z jamoasi farovonligi, kasbiy o‘sishi va motivatsiyasiga e’tibor qaratgan mas’uliyatli ish beruvchi sifatida ham barqaror rivojlanishni namoyish etmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110203 | Инструменты