Natijada hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular jinoyat kodeksining ushbu moddasiga asosan, sud tomonidan aybli deb topilsa, 7 gacha qamalishi mumkin
Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari xodimlari hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda ekologiya qomitasi ma'lum qilid.
Aniqlanishicha, ushbu reyd davomida oq rangli “Niva Legend” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida ustki yukxonasida 8 ta qopda 1 dona ayiq va 3 dona yovvoyi cho‘chqaning tana bo‘laklari topilgan.
Shuningdek, avtomashinada 3 dona soyli stvolli ov quroli, MS-2112 rusumli silliq stvolli ov miltig‘i, Monza rusumli o‘qlangan, o‘qdonida 7,62 kalibrli 4 dona o‘q bo‘lgan soyli stvolli ov quroli, 43 dona 7,62 kalibrli jangovar o‘q-dori, 56 dona mayda sochmali o‘q, 13 dona yakka jangovar o‘q, 2 dona binokl, 2 dona ovoz pasaytiruvchi moslama (glushitel), pichoqlar, fonarlar, bolta va boshqa buyumlar aniqlangan.
Reyd davomida huquqbuzarlar tomonidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va 3 dona yovvoyi to’ng’iz noqonuniy ovlanganligi ma’lum bo’ldi. Natijada hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan ov qurollari, o‘q-dorilar, ruxsatnomalar va ovchilik guvohnomalari vaqtincha saqlash uchun Samarqand viloyati IIBga topshirildi, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ular jinoyat kodeksining ushbu moddasiga asosan, sud tomonidan aybli deb topilsa, 264 mln jarima to'lashi yoki 7 gacha qamalishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101915 | Инструменты