Prezident Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa yurtimizda havaskor va professional futbolni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va oʻqitish bazasini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholadi.

Futbol akademiyalarini birgalikda rivojlantirish hamda “Har bir mahallada futbol maydonchasi” dasturi doirasida yoshlarni futbolga keng jalb etishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Yirik futbol tadbirlari, jumladan, ayollar va oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionatlarni tashkil etish va oʻtkazish, sportchilar hamda murabbiylar tarkibini tayyorlashda uslubiy yordam koʻrsatish, isteʼdodli futbolchilarni saralash kabi yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101721 | Инструменты