Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim me’yoriga mos bo‘ladi. Bu bo'yicha O'zgidromet xabar bermoqda.
Unga ko'ra, hafta boshida havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqni, kunduz kunlari 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 23-25 darajani tashkil etadi, 21-22 oktabrda 20-22 darajagacha pasayadi. 20 oktabrga o‘tar kechasi harorat 10-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, biroq 22 oktyabga kelib, 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101915 | Инструменты