Surxondaryoda qish sharoitida togʻli hududlarga oziq-ovqat yetkazildi

Qish chillasida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida kuchli qor va sovuq ob-havo sabab aholi harakati cheklanishi kuzatildi.

Ushbu holatni o‘rganib, viloyat hokimi tuman rahbarlariga tog‘li qishloqlarda yashovchi aholiga zarur oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish topshirig‘ini berdi.

Viloyat hokimi Oltinsoy tumanidagi Katta Vaxshivor mahallasida aholi bilan uchrashib, muammo va takliflarni tingladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.

Shuningdek, Boysun, Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarining tog‘li mahallalarida ham aholi holidan xabar olinib, mahsulotlar yetkazildi. Aholi bozorga chiqish imkoni bo‘lmagan hududlarda ko‘chma bozorlar tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20214 | Инструменты