Huawei 1
Surxondaryoda bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Surxondaryoda bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 25-fevral kuni taxminan soat 10:30larda Boysun tumanining “Duoba” mahallasida yashagan X.J.(1980-yilda tug'ilgan) va farzandlari M.J. (2013-yilda tug'ilgan), M.Sh. (2016-yilda tug'ilgan), M.S.lar (2018-yilda tug'ilgan) yashash uyida uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, N.Z. (1986-yilda tug'ilgan), M.N.2008-yilda tug'ilgan)esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2008-yilda tug‘ilgan M.N. ham tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boysun tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga