O'zbekiston shaxmat olimpiadasining 7-turida Xitoy, Fransiya, Janubiy Koreaga qarshi dona suradi

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-tur bahslari ertaga, 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi Xitoyga qarshi dona suradi.

Ayni paytda turnir jadvalida O‘zbekiston 1-o‘rinda, Xitoy esa 2-pog‘onada bormoqda.

O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi 7-turda Fransiya bilan uchrashadi. O‘zbekiston-3 esa Janubiy Afrikaga qarshi bahs olib boradi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning asosiy jamoasi Sloveniyaga qarshi o‘ynaydi. O‘zbekiston-2 Tojikiston bilan, O‘zbekiston-3 esa Peru bilan kuch sinashadi.

6-turdan keyingi turnir jadvali:

Erkaklar:

  • O‘zbekiston-1 — 12 ochko, 1-o‘rin.
  • O‘zbekiston-2 — 10 ochko, 12-o‘rin.
  • O‘zbekiston-3 — 7 ochko, 65-o‘rin.

Ayollar:

  • O‘zbekiston-1 — 9 ochko, 18-o‘rin.
  • O‘zbekiston-2 — 8 ochko, 38-o‘rin.
  • O‘zbekiston-3 — 8 ochko, 39-o‘rin.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты