O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida xabar qilish bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi. Bu haqda kecha, 21 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va tashkilotlari uchun quyidagi imkoniyatlarga ega “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali (Portal) ishga tushiriladi. Portalga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Bundan tashqari, Agentlikka davlat organlari va tashkilotlarida Dastur doirasida belgilangan qoidalar aniq va bir xilda ijro etilishini ta’minlash maqsadida Portal orqali monitoring qilish natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining mehnat jamoalariga ichki mehnat tartibi qoidalari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan jinsiy yoki jismoniy zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik holatlarini mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish sifatida baholashni belgilash tavsiya etilgan.
Xodim tarafidan yoki xodimga nisbatan sodir etilgan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish holatlari hamda murojaat munosabati bilan ta’qib qilish holatlarini esa mehnat intizomini buzish sifatida baholashni belgilash qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92215 | Инструменты