Ushbu g'alabani jamoaga Nodirbek Yakubboyev Nihal Saringa qarshi o'yini orqali olib keldi
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-tur bahslari kecha, 21-sentyabr kuni bo'lib o'tdi. Unda erkaklar terma jamoasi amaldagi chempion Hindiston ustidan ilk tarixiy g‘alabaga erishdi. Bu Olimpiadaning eng muhim va taqdirni hal qiluvchi jangi bo‘lib, oltin medallar sari ulkan qadam tashlanganidir.
Ko’plab tahlillarda hal qiluvchi partiya 4-doska bo’ladi deyilgan o‘yinda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahsda durang o‘ynadi. Qolgan ishtirokchilar ham o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi, Nodirbek Yakubboyev esa Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoaga hal qiluvchi yutuqni taqdim etdi.
6-turdagi boshqa jamoalar natijalari:
Ispaniya — O‘zbekiston-2 (Erkaklar): 1.5 – 2.5
Shimoliy Makedoniya — O‘zbekiston-2 (Ayollar): 0.5 – 3.5
Gruziya — O‘zbekiston (Ayollar): 3.5 – 0.5
Avstraliya — O‘zbekiston-3 (Erkaklar): 2.5 – 1.5
Shvetsiya — O‘zbekiston-3 (Ayollar): 1.5 – 2.5
Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты