Sud Toshkent shahar hokimiyatiga 9 yil oldingi «snos» uchun 1 milliard 198 million so‘mlik zararni qoplashni yukladi
Yaqinda Uchtepa tumanlararo sudi tomonidan tadbirkorning do'koni buzib tashlanganligi uchun Toshkent shahar hokimiyatidan 1 200 000 000(bir milliard ikki yuz million) so'm zarar undirib berish masalasida sud ishi ko'rib chiqilayotganligi haqida aytib o'tgandik. Ishni Oliy Majlisning sobiq deputati, ayni vaqtda sud'ya N.Murodov ko'rib chiqmoqda edi.
Tadbirkor S.Nogayga bundan to'qqiz yil muqaddam Toshkentning Navoiy ko'chasida joylashgan do'koni buzib tashlangani uchun kompensatsiya qoplab berilishi uchun sudga Shayxontoxur tumani prokuraturasi tadbirkor manfaatini ko'zlab da'vo kiritgan.
Rasul Kusherbayewvning ma'lum qilishicha, bugun sud ishi yakunlanib, sud tadbirkor foydasiga 1 198 110 000(bir milliard bir yuz to'qson sakkiz million bir yuz o'n ming) so'm miqdoridagi zararni undirib berish haqida qaror qabul qilibdi.
"Mana buni yaxshi yangilik desa bo'ladi.
Sud majlislari davomida zararni aniqlashtirish yuzasidan mulkni baxolagan ekspert ham sudga jalb etilgan va barcha masalalar oydinlashtirib olingan.
E'tiborli jihati shundaki, sud davomida Toshkent shahar hokimiyati ham davoni tan olib, sudning ushbu qaroriga qo'shilishini bildirgan. Bu juda kamyob xodisa.
Sud shuningdek, Toshkent shahar hokimiyatiga davlat boji sifatida 48 million so'mga yaqin davlat boji va pochta harajatlarini qoplashni ham yuklagan.
Nima ham derdik: xususiy mulklarga yetkazilgan zararni qoplash masalasida tinimsiz murojaatlar bo'lib turgan vaqtda sudlarning bu kabi qarorlarini eshitib, kelajakka ishonch yanada ortadi. Menimcha bu masalada yaxshi o'zgarishlar bo'layapti" - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53105 | Инструменты