Adliya vazirligi Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibi haqidagi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3715, 2025 yil 29 noyabr).
Nizomga ko‘ra, bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni o‘z vaqtida to‘liq ko‘rsatishni taʼminlash maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkaziladi.
Bemorlar boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish jarayonida tibbiyot muassasasini zarur tibbiy yordamni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari orasidan erkin tanlash huquqiga ega.
Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy ko‘rsatmaga asosan amalga oshiriladi.
Bemorlar uchun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar bo‘lmaganda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boshqa tibbiyot muassasasida ko‘rsatilsa, tibbiy ko‘rsatma beriladi.
Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazishdan oldin qabul qiluvchi tibbiyot muassasasasining bo‘sh o‘rinlari, zarur tibbiy uskunalar, mutaxassislar mavjudligi aniqlanadi.
Bemorlar hayotiy ko‘rsatkichlari barqaror holda, shifokor kuzatuvida boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120121 | Инструменты