Tarixiy natija qayd etildi – O‘zbekiston sport tarixida yangi sahifa ochildi. Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan karate bo‘yicha jahon chempionatida Gulshan Alimardonova (-50 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalda ham ishonchli g‘alaba qozondi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba bilan Gulshan Alimardonova O‘zbekiston sport tarixiga ayol karatechilar orasida birinchi jahon chempioni sifatida o‘z nomini yozdi.
Shu paytga qadar karate bo‘yicha jahon chempionatida yurt sharafini himoya qilgan sportchilar ichida faqat Dastonbek Otabolayev oltin medalga ega chiqqan edi. Endi esa unga Gulshan Alimardonova hamqadam bo‘lib, o‘z nomini jahon arenasidagi chempionlar qatoriga qo‘shdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120121 | Инструменты