Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Ularning umumiy qarzdorligi 1,3 trln so‘mga yetgan. Shundan 522,5 mlrd so‘mi, ya’ni 38,7 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

«Tash Building» MCHJ– 107 mlrd so‘m;
«Ko’priqqurilish» AJ– 81,9 mlrd so‘m;
«Aziya Invest Favorit» MCHJ – 73,7 mlrd so‘m;
«Avtosanoat-Injiniring» MCHJ – 63,4 mlrd so‘m;
«Tamirlash Qurish Servis» MCHJ – 50,4 mlrd so‘m;
«Yorqin Sadaf Fasli» MCHJ – 40,8 mlrd so‘m;
«DM AJ BK NATEK» – 32,7 mlrd so‘m;
«Agro Asia Trade Servis» MCHJ – 31,5 mlrd so‘m;
«Grand Road Tashkent» MCHJ – 22,8 mlrd so‘m;
«Obod-Dastur-Qurilish» MCHJ – 18,3 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 492 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 126 mlrd so‘mni Andijon viloyatida 124 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11914 | Инструменты